Raqobat qo‘mitasi mas’ul xodimlari hududiy birlashma tizimidagi jamiyatlar xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazdilar

Raqobat qo‘mitasi mas’ul xodimlari hududiy birlashma tizimidagi jamiyatlar xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazdilar

Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari mas’ul xodimlari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkillandi va o‘tkazildi.

«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdagi o‘zaro hamkorlik» mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv tadbirida kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha Qo‘mitaning «Strategik rejalashtirish, metodologiya va transformasiya bo‘limi» boshlig‘i o‘rinbosari Temurbek Abdullaev ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi tomonidan ta’kidlandiki, mazkur tadbirni tashkillangan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi bo‘lgan Qo‘mita hamda iste’molchilarning jamoat birlashmasi bo‘lgan Federatsiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xodimlar salohiyati va kompetensiyasini yuksaltirishga ko‘maklashish hamda o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yishdan bo‘lib, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida har bir hududga chiqqan holda, Federatsiyaning barcha hududiy birlashma, tuman (shahar) jamiyatlari xodimlari bilan uchrashuvlar tarzida o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi, qonunchilik talablarini amaliyotga qo‘llash, iste’molchilar muammolari va murojaatlari bilan ishlash, xalqaro tajriba, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik masalalarini atroflicha tushuntirish va birgalikda muhokama qilish qilish, joylarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida mavjud muammo va va takliflarni tahlil qilish ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidagi asosiy ma’ruza tinglangach, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qo‘mitaning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Federatsiyaning viloyat hududiy birlashmasi rahbar va mas’ul xodimlarining yaikr mulohazalari tinglandi. Seminar doirasida Federatsiyaning tuman va shahar jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar tomonidan kundalik faoliyat davomida iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, ichki bozorda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini o‘tkazish masalalarida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirib o‘tilib, mazkur muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorlarda sotilayotgan tovar (ish, xizmat)larning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘tkaziladigan monitoringlarda, shuningdek aholi (iste’molchilar)ning sohaga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish Qo‘mita va Federatsiyaning hududiy tashkilotlari o‘rtasida yanada yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati   

Post Comment