PK elektron dasturiga asossiz summa kiritilishi oqibatida tarmoqdan uzilgan iste’molchilar tarmoqqa qaytadan ulandi

PK elektron dasturiga asossiz summa kiritilishi oqibatida tarmoqdan uzilgan iste’molchilar tarmoqqa qaytadan ulandi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga «Xotinqumi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.Q va Q.F.lar tabiiy gaz ta’minotidan asossiz uzib qo‘yilishi holatidan norozi bo‘lib murojaat qilganlar.

Iste’molchilar o‘z murojaatida ularning xonadonlari tabiiy gazdan belgilangan hujjatlar asosida foydalanib kelayotganliklari, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun muntazam oldindan to‘lovni amalga oshirib kelishlari, o‘tgan yilning dekabr oyining ikkinchi yarmi holatiga gaz ta’minoti bo‘yicha haqdor bo‘lganliklari, bu haqda PK elektron dastur asosida mobil telefonlariga xabarnomalar kelganligi ma’lum qilinadi. Lekin dekabr oyining 22-sanasiga kelib ular tarmoqdan avtomatik tarzda uzib qo‘yilgan. Holatga oydinlik kiritish maqsadida gaz ta’minoti idorasiga borib uchrashganlarida, yillik ko‘rik uchun dalolatnoma asosida qarzdorlik yuzaga kelganligi, ushbu qarzdorlik summasi PK elektron dasturiga kiritilib, ular tarmoqdan uzilganliklari ma’lum qilingan. Iste’molchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning har biriga texnik ko‘rik uchun kiritilgan summa 480 000 so‘mdanni tashkil qilgan.

Tuman jamiyati tomonidan gaz idorasiga yuqoridagi holatlar yuzasidan izox berilishini so‘rab kiritilgan so‘rovga berilgan javob xatida iste’molchilarni tarmoqdan uzib qo‘yilishiga ularning murojaatida keltirilgan vajlar emas, balki iste’molchi Q.A.ning xonadonida tabiiy gazdan foydalanish holatlarini o‘rganishda hisoblagichga o‘rnatilgan bir martalik muhr buzilganligi holati aniqlanganligi, iste’molchi Q.F.ning xonadonida o‘tkazilgan o‘rganishda elektron gaz hisoblash uskunasi quvvatiga mos kelmaydigan 1 dona isitish pechidan qo‘shimcha foydalanish holati aniqlanganligi va ushbu holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli qarori 2-ilovasi 123-bandiga asosan qayta hisob-kitoblar amalga oshirilganligi bayon qilingan bo‘lsada, tuman jamiyati hamda gaz idorasi mas’ullari hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganishlarda ushbu vajlarning asossizligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish yakunlari bilan iste’molchilarni tarmoqqa qaytadan ulanib, ularning murojaatini ijobiy hal etilishiga erishildi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment