Kafolat muddati ichida tovarda aniqlangan nuqsonlar bepul bartaraf etiladi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Bag‘dod tumani «Chek Xitoy» mahallasida yashovchi G‘.N.ning xarid qilingan maishiy elektr buyumini nuqsonli chiqqanligi masalasida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining ma’lum qilishicha, u Qo‘qon shahridagi “Xonchiroq” savdo do‘konidan jami 7 280 000 so‘mlik xaridlarni amalga oshirgan. Biroq do‘kondan 6 050 000 so‘mga xarid qilingan “YPS-2 KLW” uskunasi yaxshi ishlamagani sababli sotuvchiga qaytarib topshirgan bo‘lsada, u Federatsiyaning ishonch telefoniga murojaat qilgan kunga qadar uning qonuniy talablarini ijrosi ta’minlanmasdan kelgan.
Shahar jamiyati mutaxassislari murojaat asosida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun, shuningdek qonun asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 13.02.2003 yilda qabul qilingan 75-sonli qaror bilan tasdiqlangan «O‘Zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari» talablari bo‘yicha tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, tovardagi nuqsonlar tez muddatlarda servis markazida bepul bartaraf etilib iste’molchiga topshiriladigan bo‘ldi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment