Besh yarim million so‘mga xarid qilingan maishiy texnika nuqsonli chiqdi
Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida Quvasoy shahar G‘.G‘ulom ko‘chasida yashovchi R.O.ning Farg‘ona shahridagi yirik supermarketlardan biridan xarid qilingan kir yuvish mashinasining nuqsonli chiqqanligi va pulini qaytarib olishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining ma’lum qilishicha, u 2023 yilning 30 dekabr kuni 5 579 000 so‘mga 7 kg hajmdagi kirlarni yuvishga mo‘ljallangan Samsung rusumli kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Undan xonadonda foydalanish jarayonida nuqsonlar aniqlangach, sotuvchiga bu borada murojaat qilganida, bu borada servis kompaniyasiga murojaat qilishi to‘g‘risida javob olgan. Xaridor kir yuvish mashinasining hujjatlari (kafolat daftarchasi) sotuvchi tomonidan to‘liq rasmiylashtirib berilmagani oqibatida servis kompaniyasiga murojaat qila olmagan. Sotuvchiga ushbu holatlarni tushuntirib, pulini qaytarilishi bo‘yicha talabini qo‘ygan, lekin uning mazkur talabi qanoatlantirilmagan.
Hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish davomida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan so‘rov xati kiritildi. Iste’molchining huquqlari va unga ushbu huquqlarini to‘laqonli amalga oshirishida to‘sqinlik qilinishi natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar tushuntirildi. Natijada nuqsonli tovarni sotuvchiga qaytarilib, pul mablag‘larini iste’molchiga to‘liq hajmda qaytarilishiga erishildi.
Faxriddin Boynazarov,
hududiy birlashma sektor boshlig‘i.
(illyustrativ foto)
Post Comment