Ma’rifiy tadbir davomida bilimlilar rag‘batlantirildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tuman va shaharlardagi hududiy tashkilotlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri bu, albatta, aholi vakillarining sohaga huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borishdan iborat bo‘lib, bunday tadbirlar aholining barcha qatlamlari, xususan yoshlar o‘rtasida tez-tez va turli ko‘rinishlarda o‘tkazib borilmoqda. Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbir ham shulardan biridir.
«Siz huquqingizni bilasizmi?» mavzusida va o‘quv seminari tarzida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchi yoshlarga mamlakatimizning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Mazkur tadbir nihoyasida o‘quv mashg‘uloti davomida olingan bilimlar yuzasidan test sinovi ham o‘tkazilganligi va eng to‘g‘ri javoblarni topgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirilganligi sohaga oid bilimlarni mustahkamlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi hamda bu borada yangi-yangi bilimlar olishga undaydigan omillardan biri bo‘ldi, deyish mumkin.
Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment