Jamoatchilik vakillari jamiyat hayotining muhim masalalaridan biri yuzasidan yaqindan muloqot qildilar

Jamoatchilik vakillari jamiyat hayotining muhim masalalaridan biri yuzasidan yaqindan muloqot qildilar

Farg‘onada O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ijtimoiy o‘zgarishlar davrida ommaviy axborot vositalarining o‘rni” loyihasi doirasida “Dinlararo va bir din ichidagi bag‘rikenglik masalalari” mavzusida ikki kunlik Muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda diniy konfessiyalar, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Muloqot doirasida ishtirokchilar dinlararo munosabatlarning mohiyati hamda vazifalari, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar, ularni bartaraf etish choralari to‘g‘risida o‘zaro fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.

Turli bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan mazkur tadbirda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlaridan mas’ul xodimlar ham ishtirok etdilar.

Post Comment