Yana bir sifatsiz tovarning puli qaytarib olindi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Ziynat» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.G.ning Farg‘ona shahridagi do‘kondan sotib olgan mobil qurilmada nuqson aniqlanib, uni sotuvchidan almashtirib ololmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi yozma murojaatida bildirishicha, 2 100 000 so‘mga xarid qilingan «Redmi» rusumli telefon apparati 3 kun ishlatilgach, unda nuqson kuzatilib yaxshi ishlamay qolgan. O‘zining qonuniy huquqlarini amalga oshirish maqsadida sotuvchi bilan uchrashuvidan esa ijobiy natija chiqara olmagan.
Masalaga Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislarining aralashuvi bilan muammo iste’molchi foydasiga hal etilishiga hamda unga mobil qurilma uchun to‘lagan pulini qaytarilishiga erishildi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.
(illyustrativ foto)
Post Comment