Bobo nabirasi uchun sotib olgan velosipedda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etib berildi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi L.M.ning nabirasi uchun 1 200 000 so‘mga xarid qilgan uch g‘ildirakli velosiped-tandemda aniqlangan nuqsonlar va sotuvchi tomonidan ushbu nuqsonlarni bartaraf etish ishlari paysalga solib kelinayotganligi masalasidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaat egasi velosipedni 2 oy oldin tuman markazidagi savdo do‘konidan xarid qilganini, xonadonga keltirilgan ulovda bir qator nuqsonlar aniqlangani, sotuvchi bilan muzokaralar natijasida ularning ayrimlari bartaraf etilgani, ayrimlarini esa bartaraf etib berilishi bo‘yicha va’da berilgan bo‘lsada, bu ishlar haligacha oxiriga yetkazilmaganini ma’lum qilib, o‘zining qonuniy huquqlari ro‘yobga chiqarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan ushbu murojaat asosida olib borilgan o‘rganishlar davomida «Vodil-2020» xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘koni mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari hamda mazkur talablarni bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, o‘rganishlar doirasida velosipeddagi nuqsonlar to‘liq bartaraf etilib, iste’molchiga soz holatda topshirilishiga erishildi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
(illyustrativ foto)
Post Comment