Federatsiya xodimlari aralashuvi bilan muammo ijobiy yechim topdi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning A.Navoiy ko‘chasida yashovchi D.M.ning do‘kondan 3 299 000 so‘mga sotib olingan isitish panelidan 6 kun foydalanish davomida yaroqsiz holga kelib qolganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u shahardagi «Ziynat» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo do‘konidan «Samsung» rusumli isitish paneli xarid qilgan. Lekin undan xonadonda foydalanish jarayonida nuqsonlar yuzaga kelgach, uni almashtirib berilishi yuzasidan sotuvchiga qilgan murojaatiga rad javobi olingan.
Masalaga Federatsiyanng Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari aralashuvi va ular tomonidan sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilishi barobarida, foydalanish davomida nuqsonlari aniqlangan tovar xuddi shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilib, masala iste’molchi foydasiga hal qilinishiga erishildi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati mutaxassislari.
Post Comment