Tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahar hududidagi bir qator tibbiy muassasalarda amaldagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillandi. Tadbirlarda hududiy birlashma mas’ul xodimlari ham ishtirok etdilar.
Farg‘ona viloyat silga qarshi kurashish dispanseri, OITS markazi va Qon quyish markazlarida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududyi tashkilotlari faoliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ushbu tibbiyot muassasalarida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkilotlari (tayanch guruhlari) faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra yuqoridagi tibbiyot muassasalari va Federatsiyaning tegishli hududiy tashkiloti o‘rtasida tibbiyot xodimlarining iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yuksaltirish masalalarida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Post Comment