SMS xabarnoma tarzida kelgan qarzdorlik summasi asossiz bo‘lib chiqdi
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Hayotobod ko‘chasida yashovchi Sh.T.ning elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida iste’mol qilingan elektr energiyasi to‘lovlaridan 574 000 so‘m qarzdorlik kelib chiqqanligini ma’lum qiladi. Tuman jamiyati mutaxassislari iste’molchining xonadonida yangi rusumdagi elektr hisoblagich o‘rnatilganligi, ushbu rusumdagi hisoblagichlar abonentda nafaqat katta miqdorda, balki oz miqdorda bo‘lsada qarzdorlik kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasdan tarmoqdan uzib qo‘yishini hisobga olib, shuningdek unga 574 000 so‘m qarzdorlik bo‘yicha SMS xabarnomasi kelib tushganligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari bilan bog‘langanlarida, ular tomonidan tizimda yangi dasturiy ta’minot ishga tushirilishi jarayonlari ketayotganligi, iste’molchining shaxsiy hisob raqami ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra abonentda qarzdorlik emas, oldindan to‘lov summasi mavjudligi ma’lum qilindi.
O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borilib, iste’molchiga SMS shaklida yuborilgan xabarnomadagi qarzdorlik summasining asossizligi yozma ravishda ma’lum qilinib, javob xati yuborildi.
Isomiddin Abbasov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment