Talabga javob bermagan mototexnika soz holatdagisiga almashtirildi

Talabga javob bermagan mototexnika soz holatdagisiga almashtirildi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Mirzaobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.D.ning yuk tashishga mo‘ljallangan mototexnikani 1500 AQSh dollariga xarid qilganligi, lekin u sotuvchi tomonidan e’lon qilingan talablarga javob bermagani holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida, sotuvchi oldi-sotdi jarayonida mazkur elektrodvigatelli mototexnika bir elektr quvvatlash bilan 70-80 km yo‘l bosib o‘tishini aytganligi, lekin texnika xarid qilinib undan foydalanish jarayonida bir marta quvvatlash 20 km yo‘l bosib o‘tishga yetganligini, sotuvchiga bu haqda murojaat qilib, uni almashtirish yoki pulini qaytarish talabi bajarilmaganligini ma’lum qiladi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida olib borilgan ishlar jarayonida iste’molchining e’tirozi o‘rinli ekanligi ma’lum bo‘lib, tomonlarga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi va mototexnika boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirilishiga erishildi.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment