Maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlaridan yuzaga kelgan asoslanmagan qarzdorlik bartaraf qilindi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «O‘zbek» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.U.ning xonadonlarida 5 jon istiqomat qilsada, sanitar tozalov korxonasi tomonidan ushbu xonadonga 6 jon uchun hisob-kitob olib borilayotganligi hamda ushbu holatga oydinlik kiritilib, hisob-kitoblarni to‘g‘ri yuritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda xonadonda ro‘yxatda turuvchilar soni 6 nafardan, hozirda istiqomat qiluvchilar soni 5 kishidan iboratligi, xonadonning bir nafar a’zosi esa shu yilning mart oyida ishlash uchun xorijga ketganligi mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan taqdim qilingan dalolatnomalar bilan tasdig‘ini topdi.
Tuman jamiyati tomonidan o‘rganishda to‘plangan hujjatlarni ilova qilgan holda, hududga xizmat ko‘rsatuvchi «Farg‘ona tozalik sanitar servis» MChJga xat kiritildi. Maishiy chiqindilarni olib ketish ximzatlarini ko‘rsatuvchi korxona tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqilib, qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazildi. O‘rganish yakunlari bilan xonadonga hisoblangan 104 560 so‘m asoslanmagan qarzdorlik summasini iste’molchi zimmasidan soqit qilinishiga erishildi.
Feruza Umurzaqova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment