Hududiy birlashma kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashma kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashma kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining 28.10.2024 yilda bo‘lib o‘tgan majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, tizim tashkilotlarining joriy yil 9 oylik faoliyat yakunlari, amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash yo‘nalishida tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, shuningdek ijtimoiy sheriklik yo‘nalishidagi qonunchilik asosida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar va tizim faoliyatiga oid boshqa bir qator masalalar ko‘rib chiqildi hamda uning yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, hisobot davrida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga jami 678 ta murojaatlar kelib tushganligi, murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, hududiy tashkilotlarning o‘z kuchlari bilan 1 mlrd 018 mln 786 ming 654 so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinganligi, murojaatlarning 4 tasi nazorat idoralari ko‘magida, 16 tasi esa sud idoralari orqali hal qilinib, iste’molchilar foydasiga 141 mln 968 ming 146 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar undirilib, iste’molchilar foydasiga hal qilingan jami mablag‘lar 1 mlrd 160 mln 754 ming 800 so‘mni tashkil qilganligi e’tirof etib o‘tildi.

Yig‘ilish doirasida hududiy birlashmaning «Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur» nomli grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning axboroti ham tinglanib, loyihani muvaffaqiyatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Post Comment