Tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Federatsiyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda imzolagan amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida vazirlikning quyi tuzilmalari bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi asosida Furqat tuman tibbiyot birlashmasida mas’ul xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Hududiy birlashma va tuman jamiyati hamkorligida tashkillangan mazkur tadbirda yuqori turuvchi idoralar tomonidan imzolangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejalaridan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirish ishida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlik olib borishning afzallik va qulayliklari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, tadbirda ishtirok etgan tibbiyot xodimlarini yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy haarkatida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, Vazirlik va Federatsiyaning Furqat tumanidagi bo‘limlari tomonidan hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish yo‘nalishida yaqindan va amaliy hamkorlik olib borilishiga kelishib olindi.
Post Comment