Ishchi guruhi qurilish ob’ektlarida amaldagi talablar ijrosi ta’minlanganligi holatlarini ko‘zdan kechirmoqda

Ishchi guruhi qurilish ob’ektlarida amaldagi talablar ijrosi ta’minlanganligi holatlarini ko‘zdan kechirmoqda

Hududiy birlashma ishchi guruhi tomonidan Quva tumani hududida qurib foydalanishga topshirilgan hamda bugungi kunda qurilish ishlari davom ettirilayotgan qurilish ob’ektlari (bino, inshoot, turar joy binolari, yengil turdagi qurilmalar, vaqtinchalik qurilmalar)ning qurilish normalari va qoidalari, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bugun ishchi guruhi M.Hasanov mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2 ta maktabda olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek Turk va Toshkent mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.

Mutaxassislar tomonidan ushbu ob’ektlarda tegishli me’yoriy hujjatlarning mavjudligi, sifati va texnik reglamentlarga mosligi, qurilishda ishlatilayotgan materiallar va buyumlarning sertifikatlanganlik holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etilishi, mazkur ob’ektlardan imkoniyati cheklangan shaxslarning moneliksiz foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va boshqa shu kabi talablar ijrosini ta’minlanganligi holatlari bilan yaqindan tanishildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий