Noto‘g‘ri qo‘llanilgan jarima || Muammoga jamiyatimiz mutaxassislari tomonidan oydinlik kiritildi

Noto‘g‘ri qo‘llanilgan jarima || Muammoga jamiyatimiz mutaxassislari tomonidan oydinlik kiritildi

Toshloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A. Zokirovning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatda fuqaro “Farg‘ona Suv ta’minoti” MChJ Toshloq tuman bo‘limi tomonidan 378 000 (uch yuz yetmish sakkiz ming) so‘m noto‘g‘ri jarima qo‘llanilib, uning plastik kartasidan yechib olinganligini ma’lum qilgan.

A. Zokirovning arizasi tegishliligi bo‘yicha Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilishi jarayonida, murojaat egasining e’tirozi o‘rinli ekanligi, unga nisbatan qo‘llanilgan jarima noo‘rinligi ayon bo‘ldi. O‘rganish natijalari bilan fuqaroning plastik kartasidan yechib olingan 378 000 so‘m mablag‘ni abonentning shaxsiy hisob raqamiga oldindan to‘lov sifatida o‘tkazib berilishiga erishildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий