Ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolarni qiynab kelgan muammo bartaraf etildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi Sh. O‘. murojaat qilib, o‘zlari yashab turgan uyning yerto‘lasidagi muammo yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaat joyiga borib o‘rganilganda, ushbu xonadonlarga «Euro kommunal invest» MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi qayd qilinib, fuqaro murojaatidagi kanalizasiya quvurida sizib chiqish ortidan atrofga badbo‘y hid taralayotgani, bu aholiga noqulaylik tug‘dirishi barobarida, turli hashoratlarni ko‘payishiga ham sabab bo‘layotgani borasidagi vajlar isbotini topdi.
O‘rganish ishlari davomida boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan kanalizasiya quvurining ulangan qismidan suv sizib chiqishi holati va ushbu holat ortidan kelib chiquvchi salbiy oqibatlar bartaraf qilinib, aholining bu boradagi o‘rinli talablari qanoatlantirilishiga erishildi. Murojaatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlardan qoniqish hosil qilgan Sh.O‘. va shu uyda istiqomat qiluvchi bir qator fuqarolar muammoni tezkorlikda bartaraf jetilgani uchun jamiyat xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini izxor qildilar.
Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий