Fuqaroning yo‘lovchi tashish korxonasi xizmatlari sifati yuzasidan e’tirozlari o‘rganildi

Fuqaroning yo‘lovchi tashish korxonasi xizmatlari sifati yuzasidan e’tirozlari o‘rganildi

Buvayda tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan «Yuqori Mang‘it» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi A.I. o‘zi kundalik ishga qatnashi uchun foydalanadigan yo‘lovchi tashish transporti korxonasi haydovchilarining muomalasi va yo‘l kira haqlaridagi tartibsizliklar yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirib o‘tgan.

— Men har kuni Yangiqo‘rg‘on-Buvayda yo‘nalishida qatnovchi Damaslarda ishga qatnayman. Keyingi vaqtlarda haydovchilarning muomalasi qo‘pollashib, yo‘l kiralar ham har xil bo‘lib ketyapti. Shu masalani o‘rganib chiqsalaring, — deydi fuqaro o‘z murojaatida.

O‘rganishda murojaatda ko‘rsatilgan va umumiy masofasi 12 km ni tashkil qiluvchi mazkur yo‘nalishga “Buvayda alfatrans” MChJ tomonidan yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatib kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida ushbu korxona xizmatlaridan foydalanayotgan yo‘lovchilar bilan qo‘shimcha suhbatlashilib, ularning korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan fikrlari ham olindi. Suhbatlar davomida yo‘lovchilar korxona xizmatlari yuzasidan ortiqcha e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash kerakligi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

O‘rganish davomida korxona mas’ullariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, iste’molchining huquqlari, ijrochining majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, haydovchilarning yo‘lovchilar bilan muomalasini hamda yo‘l kira haqlarini korxona tomonidan belgilangan miqdorda bo‘lishini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar ko‘rib borilishi so‘raldi.

Asrorjon Yigitaliyev,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий