Aholini ro‘yxatga olish jarayonida etnomadaniy xususiyatlarni aniqlash
Turli madaniyat vakillari istiqomat qiluvchi mamlakatimizda, ehtimol, aholining etnik mansubligi (yoki tarkibi), ona tili, ilmi va tillardan foydalanishi, shuningdek, diniy jamoa va konfessiyalar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashni istashadi. Bularning barchasi — insonlarga o‘z tanloviga ko‘ra o‘zining etnomadaniy tegishliligini qulay aniqlash imkonini taqdim etuvchi belgilardir.
Qoidaga ko‘ra, etnomadaniy xususiyatlar sub’ektiv tarkibga ega, boisi, u yoki bu ro‘yxatga olish davomida qaysi «belgi» yoki qaysi «konsepsiya» haqiqatan baholanishi borasida yagona tushuncha mavjud emas. Bundan tashqari, turli davlatlar har xil kontsepsiya va ta’riflarni qo‘llaydi. Etnomadaniy xususiyatlar siyosiy ta’sirchan bo‘lishi va ko‘psonli bo‘lmaganlarga, biroq shunday bo‘lsada, bo‘ysunuvchi aholi guruhlari identifikasiyalariga qo‘llanilishi mumkin. Ayrim ozchilik guruhlar a’zolari, ayniqsa, etnik, diniy va lingvistik kelib chiqish belgisi bo‘yicha kamsitishlarga nisbatan zaif bo‘lishi mumkin. Ammo respondentlar tomonidan ma’lumot berishda erkinlik va ochiqlikni ta’minlash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, respondentlarga ma’lumotlarni himoya qilish va identifikasiyalashning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganligini namoyish etish uchun etnik va diniy guruhlarni ro‘yxatga olish tartibi va materiallariga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda, agar milliy qonunchilikda bunga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, mamlakatlar katta ehtimol bilan bunday ma’lumotlarni ixtiyoriy ravishda to‘plashni xohlashadi.
Ma’lumotlar respondentlar tomonidan erkin taqdim etilishi va ular himoyalanganligini ta’minlash uchun mamlakatlar etnomadaniy xususiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha maxsus monitoring mexanizmlarini yaratishni hohlashlari mumkin.
Qoidaga ko‘ra, faqat registrlardan yoki ma’muriy manbalardan olingan ma’lumotlar bu belgilar uchun cheklangan qiymatga ega va nari borsa faqat cherkov yoki diniy jamoaga rasmiy a’zolik yoki ko‘p tilli muhitda hukumat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi rasmiy aloqa tili kabi ba’zi jihatlarni qamrab olishi mumkin.
Ro‘yxatga olish varaqalarini tuzish va baholashda, statistika materiallarini tasniflash va qayta ishlashda etnik, lingvistik va diniy jamoa vakillari bilan maslahat o‘tkazish lozim. Shaffoflikni, teng munosabatni, bunday ma’lumotlarni to‘plash sabablarini yaxshiroq tushunishni va aholining keng qamrovli ishtirokini ta’minlash maqsadida bunday guruhlarni tartiblarni ishlab chiqish, ro‘yxatga olishni o‘tkazish asoslarini belgilash va ozchiliklar orasida ro‘yxatga olish faoliyatini o‘ziga jalb qilish muhimdir.
N. Xamedov,
Qo‘qon shahar Statistika bo‘limi boshlig‘i.
Отправить комментарий