Quvasoy shahar jamiyati — O‘zNNTMA a’zosi
Yaqinda Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi (O‘zNNTMA) a’zoligiga qabul qilingan edi. Bugun ushbu voqeaning mantiqiy davomi sifatida Assosiasiyaning Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi rahbariyatining Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasiga tashrifi doirasida Quvasoy shahar jamiyatiga a’zolik guvohnomasi hamda esdalik sovg‘asini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zNNTMA Farg‘ona viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Dilmurodjon Fozilov va Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Raxmonaliev ishtirok etib, Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati vakillariga Assosiasiyaning a’zolik guvohnomasi hamda esdalik sovg‘asini tantanali ravishda topshirdilar.
Mazkur a’zolik Quvasoy shahar jamiyatining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash, tajriba almashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyatini kengaytirish uchun muhim qadamdir. Tashrif davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari xususida ham fikr almashdilar.



Отправить комментарий