Uchko‘prikda targ‘ibot tadbirlari davom etadi
Uchko‘prik tumanidagi 3-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan davra suhbati «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida bo‘ldi.
Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Ta’kidlandiki, qonun ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki zarur, shu nuqtai nazardan ham Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan yurtimizda iste’molchilarning qonunning 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy huquqlaridan biri – iste’molchilar jamoat birlashmalarini tuzish huquqlari ro‘yobga chiqarilganligi, ya’ni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil topganligi e’tirof etib o‘tilgan edi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Uchko‘prik tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий