Temir yo‘l texnikumi murabbiylari huzurida
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Temir yo‘l texnikumi o‘qituvchilari ishtirokida amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkillandi.
Tadbirda shahar jamiyati mas’ullari tomonidan amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivoji, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga jamiyat mutaxassislari tomonidan javoblar ham qaytarildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий