Iste’molchiga puli qaytarildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro N.Solievning yakka tartibdagi tadbirkor A.Axmedovga qarashli savdo do‘konidan 1 450 000 (bir million to‘rt yuz ellik ming) so‘mga xarid qilingan Redmi 8A markali uyali aloqa telefoni sifatsiz chiqqanligi sababidan sotuvchiga uni maqbul sifatdagisiga almashtirish bo‘yicha qo‘ygan talabi bajarilmayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilshi jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Fuqaroning o‘rganishga ma’lum qilishicha, telefon ishlab chiqaruvchi tomonidan va’da qilingan darajadagi vazifalarni bajarmagan, xususan uning vositasida aloqa sifati unchalik yaxshi bo‘lmagan, internet tarmog‘ida ishlash qiyinchilik tug‘dirgan. Sotuvchi esa iste’molchining telefonni almashtirish bo‘yicha talablarini bajarmagan.
O‘rganish davomida sotuvchi bilan uchrashilib, unga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari, shuningdek yuzaga kelgan holatda iste’molchining talablari inobatga olinishi lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tushuntirishlardan so‘ng, sotuvchi iste’molchi tomonidan nuqsonli deb e’tirof qilinayotgan uyali aloqa telefonini qaytarib olib, unga tovar uchun to‘langan pulni qaytarib berishni ma’qul ko‘rdi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий