Tayanch guruhidan tashakkurnoma keldi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va Farg‘ona shahar ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘rtasida 2007 yildan buyon samarali hamkorlik olib borilmoqda. Mana salkam 15 yildirki bu yerda Federatsiya Tayanch guruhi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ushbu ta’lim maskanida faoliyat olib borayotgan va saflariga 200 dan ortiq a’zolarni birlashtirgan Tayanch guruhi nafaqat Farg‘ona shahrida, balki viloyatimizdagi eng faol Tayanch guruhlaridan biri sanaladi. O‘tgan davrlarni qo‘yib turaylik, birgina joriy yilning o‘zida mazkur tashkilotda mehnat qilib kelayotgan Federatsiya a’zolarining 10 ga yaqin murojaatlari qonun doirasida ijobiy hal qilib berilib, iste’molchilar foydasiga 4 625 000 (to‘rt million olti yuz yigirma besh ming) so‘m mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishga erishildi. Shuning bilan birgalikda bu yerda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarga doimiy ravishda beg‘araz huquqiy maslahat xizmatlari ham ko‘rsatib kelinmoqda.
Kuni kecha maktab jamoasi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisini Tashakkurnoma bilan taqdirlaganliklari ham ularning olib borilayotgan ishlardan qoniqish hosil qilayotganliklarini ko‘rsatadi.
Shermurod Oxunov
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий