Aviachipta puli qaytarib olindi
Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qoraqo‘yli mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro X.Ashurovaning aviachipta pulini qaytarish masalasidagi murojaati o‘rganib chiqildi.
Murojaatga ko‘ra iste’molchi T.Qurbonov (X.Ashurovaning turmush o‘rtog‘i) Beshariq shahri Oltin vodiy ko‘chasida joylashgan aviakassadan Rossiya Federatsiyasiga 2022 yil 21 mart kuni bilan parvoz qilish uchun 2 600 000 so‘mga chipta sotib olgan.
Biroq fuqaro ma’lum sabablarga ko‘ra Rossiyaga ucha olmasligi ayon bo‘lib qolgach, uchish amalga oshiriladigan kundan 9 kun oldin aviakassaga murojaat qilib, chipta uchun to‘lagan pullarini qaytarib olmoqchi bo‘lgan. Ammo qanchalik harakat qilmasin ijrochi tomonidan ushbu murojaat paysalga solinib, chipta pulini qaytarib berish kechiktirib kelingan.
Ushbu murojaatni tuman jamiyatlari mutaxassislari tomonidan qonun doirasida o‘rganilishi natijasida iste’molchining chipta uchun to‘langan jami pullarini to‘liq qaytarilishiga erishildi.
O‘rganish davomida murojaatchi va aviakassa xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonuni tegishli talablari to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.
Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий