Hududiy birlashmaning navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Hududiy birlashmaning navbatdan tashqari kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash kun tartibida Federatsiya kengashining 17.10.2023 yildagi majlisi qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, Federatsiya hamda hududiy birlashmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalari asosida joriy yilni barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy yakunlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha muhokamadan o‘tkazildi. Topshiriqlar ijrosi yuzasidan har bir tuman va shahar jamiyatlarining axborotlari tinglanib, ularga yil yakuni bo‘yicha amalga oshirishlari lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Kengash yig‘ilishi doirasida hududiy birlashma ish faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий