Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?
Har qanday davlatning tarixi – birinchi navbatda unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar ro‘yxatga olish asosida olinadi. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr-mulohaza yuritish, kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. Bu jarayon mamlakat aholisining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Aholini ro‘yxatga olish bu – mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axbarot manbai hisoblanadi.
Ushbu tadbir yana shunisi bilan ahamiyatliki, to‘plangan ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investisiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalari baholanib, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirish mumkin bo‘ladi. Biz so‘z bilan aytganda, bu tadbirning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotni beradi.
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.
Отправить комментарий