Qayta hisob-kitoblar iste’molchining haqdorligini ko‘rsatdi

Qayta hisob-kitoblar iste’molchining haqdorligini ko‘rsatdi

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.U.ning iste’mol qilingan tadbiiy gaz to‘lovlaridagi asossiz qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida uning 2023 yilda iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlari 1 050 000 so‘m bo‘lgani, xonadondagi hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha 713 metr kub tabiiy gaz iste’mol qilgani va o‘zining hisob-kitoblariga ko‘ra haqdor bo‘lsada, tuman gaz idorasi uning katta miqdorda qarzdorligi borligini da’vo qilayotganini, masalaga o‘z kuchi bilan oydinlik kirita olmagani sababli ushbu muammoga yechim topilishida unga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Tuman jamiyati tomonidan murojaatda keltirilgan vajlarga dastlabki aniqliklarni kiritgach, bu borada tuman gaz idorasiga belgilangan tartibda so‘rov kiritildi. Mazkur idoradan olingan rasmiy javob xatida esa, iste’molchining gaz ta’minotiga taalluqli hujjatlari va to‘lov pattalari o‘rganib chiqilgani, o‘tkazilgan qayta hisob-kitoblar natijasi xonadonning tabiiy gaz to‘lovlaridan 777 920 so‘m haqdorligi mavjudligini ko‘rsatgani ma’lum qilindi. Shuningdek, javob xatida iste’molchi xonadoniga o‘rnatish uchun unga yangi, zamonaviy rusumdagi ASKUG gaz hisoblagich berilgani va ushbu gaz hisoblagichni o‘rnatish jarayonida yuzaga kelgan noreal qarzdorlik summasi qayta xatlov jarayoniga berilishi ham ma’lum qilingan.

Farxod Rasuljonov,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.

Отправить комментарий