Iste’molchining 8 million so‘mdan ortiq pullari qaytarib olib berildi

Iste’molchining 8 million so‘mdan ortiq pullari qaytarib olib berildi

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qo‘qon shahar «Nurli hayot» ko‘chasida yashovchi M.J.ning tuman hududidan xarid qilingan temirchilik mahsulotlarini sotuvchiga qaytarish muammo bo‘layotgani xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u tuman hududida temirchilik mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kondan har biri 10 metrdan temir profildan 62 donasini jami 8 550 000 so‘mga xarid qilgan. Lekin xarid qilingan mahsulotlarni xonadoniga keltirganidan usta temir profilning mazkur turi u tomonidan tayyorlanadigan material uchun mos kelmasligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng savdo do‘koniga kelib mahsulotlarni qaytarishini bildirganida, sotuvchilar sotilgan tovar qaytarib olinmasligini ma’lum qilganlar. Shundan so‘ng iste’molchi Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, muammoni yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish maqsadida sotuvchiga uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining huquqlari va sotuvchi majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, iste’molchiga 8 550 000 so‘m pullari to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Отправить комментарий