Dorixonalarda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi
Tanlama asosda o‘rganilgan 120 ta dorixonada 287 ta xodim mehnat faoliyati olib borayotgan bo‘lib, dorixonalarning 4 tasida qonunchilikka ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi to‘liq nomi va joylashgan (yuridik) manzili haqida iste’molchini xabardor qilishi shartligi va bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozimligi haqidagi, 20 tasida esa iste’molchilar tanishishi uchun qulay joylarga o‘z sohasiga oid xizmat ko‘rsatish qoidalaridan ko‘chirmalar, lisenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha lisenziyalardan nusxalar axborot yoki iste’molchi burchagiga qo‘yilishi bo‘yicha talablar, 41 tasida yoki 34 foizida esa o‘zi tomonidan realizasiya qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida iste’molchilarga o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli tarzda taqdim qilish bo‘yicha qonunchilik talabalarining to‘laqonli ijrosi ta’minlanmagan.
Shuningdek dorixonalar mas’ullarida, agar sub’ekt tomonidan asosiy faoliyatdan tashqari qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilsa, yuqori turuvchi idorasi (rahbari) tomonidan tasdiqlangan preyskurantlarning mavjud bo‘lishi va preyskurantlar aholi (iste’molchilar) tanishishi uchun qulay joylarga o‘rnatilgan bo‘lishi lozimligi yuzasidan ham yetarli darajada tushunchalar shakllanmagan.
Iste’molchiga xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat)ning sifatini tekshirib olish imkoniyati yaratilganligini o‘rganish maqsadida, sertifikatlanadigan tovarlardan ayrimlarini sertifikatlarini so‘rab ko‘rish yo‘li bilan o‘rganish o‘tkazilganda, ulardan 15 tasidagi sotuvchilar so‘ralgan tovarlarning sertifikatlarini turli vajlar bilan taqdim qilmagan yoki taqdim qila olmagan.
Dorixonalarda to‘lovlarni naqd va naqd pulsiz amalga oshirish (NKM, to‘lov terminali va b.) imkoniyatlari yaratilgan bo‘lib, 4 ta dorixonada NKM va to‘lov terminalidan bittasining ishchi faoliyatida emasligi, 1 ta dorixonada esa to‘lovlarni qayd qilish uskunalarini ishlatmasdan savdoni amalga oshirshi holati kuzatilgan. O‘rganishlarda 18 ta dorixonalarda tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lovni amalga oshirishda CLICK vositasidan (kimningdir shaxsiy plastik kartasiga pul o‘tkazib berish usulidan) foydalanish holatlari mavjudligi kuzatilgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, dori vositalarida ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik (saqlash) muddati hamda saqlash shartlari ko‘rsatilishi shart bo‘lib, bunday mahsulotlarni sotish, shuningdek sotish uchun qabul qilish taqiqlanadi. O‘rganishda dorixonalardan 8 tasida ushbu yo‘nalishda qonunbuzilishi holatlari kuzatilgan.
Dori vositalarini reklama qilish borasidagi qonunchilikni buzilishi holatlari ko‘rilganda, ulardan 5 tasida mazkur yo‘nalishda salbiy holatlar kuzatilgan.
Realizasiya qilinayotgan tovar (ish, xizmat)larning sanitariya-gigiena, amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo‘lishi lozimligi talablari ijrosini o‘rganish maqsadida dorixonalarda iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavf tug‘diruvchi, shuningdek, ularning mol-mulkiga zarar yetkazuvchi holatlarning mavjudligi ko‘rilganda, ularning 8 tasida ushbu yo‘nalishda salbiy holatlar kuzatilib, ushbu salbiy holatlar umumiy sanitariya-gigiena holatlari bilan, chiqindilarni to‘plash va olib ketilishi bilan bog‘liq holda kuzatilgan.
O‘rganishlarda 16 ta dorixonalarda iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistash, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olish holatlari qayd qilingan. Ushbu holatlar dori vositalarini realizasiyasi jarayonida savdoni naqd pulda amalga oshirilganda qaytim o‘rniga boshqa tovar tiqishtirilishi (qaytimiga dori vositasi berish) shaklida namoyon bo‘ladi.
Post Comment