Shartnomaga ko‘ra shartlashilgan pulni to‘lagan iste’molchiga muayyan miqdor va maqbul sifatdagi tovar yetkazib berilishi lozim
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchi shartnoma tuzish yo‘li bilan tovar (ish, xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga bo‘lib, ushbdu shartnomaga ko‘ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
Agar e’tibor qaratilsa, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zimmasiga muayyan miqdor va maqbul sifat degan majburiyatlar yuklatilmoqda. Masalan, aholiga ichimlik suvi yetkazib berish sohasini olsak. Bu yerda suv ta’minoti korxonasining aholiga ichimlik suvi yetkazib berish jarayonidagi muayyan miqdor, maqbul sifat bo‘yicha majburiyati deyilganda, yetkazib berilayotgan suvning amaldagi talablarga, normalar hamda qoidalarga mos bo‘lishini, shartnomada ko‘rsatilgan hajmlarda, muayyan bosim ostida yetkazib berilishi va boshqa shu kabi majburiyatlari tushuniladi.
Farg‘ona shahrining «Oqariqobod» mahallasida yashovchi X.S. Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatida suv ta’minoti korxonasi (ijrochi) tomonidan ichimlik suvini yetarli bosim ostida yetkazib berilmayotganligidan shikoyat qilgan. Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilishi jarayonida iste’molchini qiynab turgan muammo hal etilib, xonadon me’yordagi bosim ostidagi suv bilan ta’minlandi. O‘z navbatida, ijrochi tomoniga shartnoma majburiyatlarini to‘laqonli ijrosini ta’minlab borishi yuzasidan qonunchilik targ‘iboti ishlari olib borildi.
Mansurjon Toshkanov,
jamiyat mutaxassisi.



Post Comment