Tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot shaklida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot shaklida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan joylardagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilayotgani to‘g‘risida xabarlar berib bormoqdamiz. Viloyatning Yozyovon hamda Oltiariq tumanlarida ham tizimli asoslarda mazkur reja asosidagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Yozyovon tumani

Tumandagi 34-oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtirokida «Biz barchamiz iste’molchimiz» mavzusida targ‘ibot tadbiri ham shular jumlasidan bo‘lib, uning davomida tibbiyot xodimlari bilan mamlakatimiz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi mazmun-mohiyati, qonun ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazorati, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning tutgan o‘rni va ahamiyati borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Oltiariq tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 41-oilaviy poliklinikada tashkillang «Biz barchamiz iste’molchimiz» mavzusida tashkillangan yuzma-yuz muloqot tadbirida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid qonunosti hujjatlari, iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohani yanada rivojlantirish borasidagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.

Viloyatda tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Post Comment