Tizim tashkilotlari tomonidan tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning iyun-avgust oylari davomida joylardagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida tibbiyot muassasalarida turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Qo‘shtepa tumani
Tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan G‘ishtmon oilaviy shifokorlik punktida tashkillangan «Biz barchamiz iste’molchimiz» mavzusidagi tadbirda mamlakatimiz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi mazmun-mohiyati, qonun ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazorati, shuningdek davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning tutgan o‘rni va ahamiyati borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Toshloq tumani
Tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tuman Ko‘p tarmoqli poliklinkasi Sadda tayanch punkti tibbiyot xodimlari ishtirokida «Iste’mol madaniyati nima?» mavzusida tashkillangan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid qonunosti hujjatlari, iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohani yanada rivojlantirish borasidagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.
Viloyat hududidagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Post Comment