Ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ta’lim tashkilotida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur tashkilot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot shaklidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi hamda tashkilot xodimlarining ushbu masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi..

Tadbirda Federatsiya va ta’lim sohasi tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u berib o‘tilib, ta’lim sohasi xodimlarini Federatsiya faoliyatida yanada faol ishtirok etishga chaqirildi.

Post Comment