Yozyovon va Uchko‘prik tumanlarida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Federatsiyaning Yozyovon va Uchko‘prik tuman jamiyatlari tomonidan amaldagi qonunchilik targ‘iboti, sohaga oid qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklarni targ‘ib qilish yo‘nalishidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Yozyovon tumani
Tumandagi Axborot kutubxona markazida tashkillangan tadbirda ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik asoslari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2025 yildagi «Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-296-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025 yildagi «Raqobatni ta’minlashga ko‘maklashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 667-sonli qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Uchko‘prik tumani
Hududdagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida amaldagi qonunchilik va sohaga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar yetkazildi. Sohaga oid qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish ishida davlat tashkilotlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarining o‘rni va ahamiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tilib, tashkilot jamoasini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.



Post Comment