Yuksak iste’mol madaniyati jamiyat rivojining asosidir

Yuksak iste’mol madaniyati jamiyat rivojining asosidir

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida, 15-mart – «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab, Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi Farg‘ona filiali talabalari ishtirokida «Yuksak iste’mol madaniyati jamiyat rivojining asosidir» mavzusidagi seminar tashkillandi.

Tadbirda talabalarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining kelib chiqish tarixi, uni dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, mamlakatimizda qonunchilik asoslarini yaratilishi, qonunga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari, iste’molchi majburiyati tushunchasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vakolatiga ega davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari, ularga murojaat qilish yo‘l yo‘riqlari, yurtimizda iste’molchilar huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qonunchilik yangiliklari va sohaga oid boshqa masalalarda axborotlar berib o‘tildi.

Post Comment