Yirik savdo do‘konlari iste’molchilar uchun muhim sana arafasida Federatsiyaning tuman (shahar) jamiyatlari bilan hamkorlikda turli tadbirlarni o‘tkazmoqdalar

Yirik savdo do‘konlari iste’molchilar uchun muhim sana arafasida Federatsiyaning tuman (shahar) jamiyatlari bilan hamkorlikda turli tadbirlarni o‘tkazmoqdalar

Ma’lumki, har yili 15-mart – Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni (World consumer rights day) sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan keng nishonalanadi. Mamlakatimizda ushbu sana arafasida sohaga daxldor idoralar tomonidan turli tadbirlar o‘tkazish an’ana tusiga kirgan. Jumladan, Federatsiyaning Farg‘ona viloyati Toshloq tuman jamiyati tomonidan yirik savdo do‘konlari bilan hamkorlikda shunday tadbirlardan biri tashkillandi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bir muddat avval Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tarmoqli supermarket, umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga murojaat qilib, iste’molchilar uchun muhim sana arafasida turli tadbirlar (iste’molchilar ishtirokida aksiya, shou, ko‘rgazma, tanlovlar, so‘rovnoma, Consumers voice, sodiqlik dasturlari, taqdirlash, yangi mahsulot (xizmat) taqdimoti, xodimlar uchun mini treninglar va boshqa tadbirlar)ni tashkil etish taklifini bildirgandi. Mazkur taklif asosida Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati tuman markazidagi «Ziyo market» savdo markazi mas’ullari bilan hamkorlikda «Siz – bizning ardog‘imizdagi mijozsiz» nomli taqdirlash dasturini tashkil etdilar.

Bunda joriy yilning tadbir o‘tkazilgan kun davomida do‘konga tashrif buyurgan va savdoni amalga oshirgan har 10 mijozga 15-mart – «Butunjaxon iste’molchi huquqlari kuni»ni eslatib turuvchi esdalik sovg‘alar topshirildi. Aksiya 100 ta mijozni qamrab olib, shulardan 10 tasi esdalik sovg‘alari sohiblariga aylandilar.

Bu kabi tadbirlarni viloyatning boshqa hududlarida ham tashkillanib, 15-mart kuniga qadar o‘tkazilishi chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Post Comment