«Yoshlar kuni»da oliygoh talabalari bilan iste’molchilik sohasiga oid masalalarda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

«Yoshlar kuni»da oliygoh talabalari bilan iste’molchilik sohasiga oid masalalarda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24 fevral kunida yoshlar bilan tashkil etilgan muloqotida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” bo‘lishi to‘g‘risida aytib o‘tilgan hamda shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitib muammolarini hal qilishi yuzasidan topshiriq berilgan edi. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida, 15-mart – «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab, o‘tkazilayotgan tadbirlardan biri «Yoshlar kuni»ga to‘g‘ri kelganligi bilan talabalarning yodida qoladigan bo‘ldi.

Farg‘ona shahridagi Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida tashkillangan mazkur tadbirda talabalarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining kelib chiqish tarixi, uni dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, mamlakatimizda qonunchilik asoslarini yaratilishi, qonunga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari, iste’molchi majburiyati tushunchasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vakolatiga ega davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ular o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari, ularga murojaat qilish yo‘l yo‘riqlari, yurtimizda iste’molchilar huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qonunchilik yangiliklari va sohaga oid boshqa masalalarda axborotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini hamda unda aholining keng qatlamlari ishtirokini ta’minlash, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borish ishlarida yoshlarning o‘rni beqiyosligi hamda muhim o‘rin tutishiga alohida urg‘u berib o‘tildi.

Post Comment