Beshariq, Bag‘dod va Farg‘ona tumanlarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Beshariq, Bag‘dod va Farg‘ona tumanlarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning uhquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkillanib, tizimli asoslarda o‘tkazib borilmoqda.

Beshariq tumani

Federatsiyaning Beshariq tuman jamiyati mas’ullari tomonidan tuman markazidagi “FAMILY PARK“ supermarketi bilan hamkorlikda «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab xaridorlarni taqdirlash aksiyasi tashkillandi. “Siz – bizning ardog‘imizdagi mijozsiz” nomi bilan atalgan mazkur tadbirda u o‘tkazilgan kun davomida do‘konga tashrif buyurgan va savdoni amalga oshirgan mijozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bag‘dod tumani

Tuman hududidagi 33 va 56-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «15-mart – Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni» shiori ostida tashkillangan tadbirlar doirasida iste’molchilik ijtimoiy harakati tarixi va taraqqiyoti, O‘zbekiston Respublikasida bu boradagi qonunchilikni vujudga kelishi hamda xalqaro huquq normalarini e’tirof etilishi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining mazkur jarayonlardagi ishtiroki masalalarida so‘z yuritilib, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar ham berib o‘tildi.

Farg‘ona tuman

Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida tuman hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan yaqindan hamkorlik olib borish borasida tegishli chora-tadbirlarni belgilanib, tizimli asosda mahallalarda aholi vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda. Xususan, «Vodil» mahalla fuqarolar yig‘inida shunday tadbirlardan biri o‘tkazilib, unda mahalla idorasiga turli masalalarda tashrif buyurgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi, shuningdek mahalla idorasi mas’ullari bilan yil davomida olib boriladigan hamkorlikdagi ishlar ham kelishib olindi.

Post Comment