Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi hamda iste’molchi shaxsiy hisob raqami ko‘rsatkichlari to‘g‘rilandi

Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi hamda iste’molchi shaxsiy hisob raqami ko‘rsatkichlari to‘g‘rilandi

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumandagi «Axshak» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi A.G.ning tuman elektr ta’minoti korxonasi xizmatidan norozi bo‘lib qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi. Iste’molchi murojaatida elektr ta’minoti korxonasi tomonidan da’vo qilinayotgan 2 340 000 so‘m miqdoridagi qarzdorlikka oydinlik kiritib berilishini so‘raydi.

Murojaatda keltirilgan holatlar o‘rganilib, iste’molchining ushbu qarzdorlik 2025 yilning dekabr oyida xonadonidagi eski rusumdagi elektr hisoblagich o‘rniga ASKUE tizimida ishlovchi yangi hisoblagich o‘rnatish jarayonida elektr hisobini noto‘g‘ri kiritish oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi vajlarini ham inobatga olgan holda, masalaga oydinlik kiritilishini so‘rab, tuman elektr tarmoqlari korxonasiga so‘rov xati kiritildi.

Korxonadan olingan javob xatida ma’lum qilinishicha, olib borilgan o‘rganishlar qarzdorlik xonadonga yangi hisoblagich o‘rnatilib, naryad yozishmalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni Billing bazasiga kiritilishi vaqtidagi anglashilmovchilik natijasida, bazaga noto‘g‘ri ko‘rsatkich kiritib yuborilishi oqibatida kelib chiqqan, o‘rganishlar davomida ushbu holat bartaraf etilgan hamda iste’molchi hisob-kitoblari to‘g‘rilab qo‘yilgan.

Husnidaxon Yakubova,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment