Murojaatlar yechim topmoqda: O‘IHHQJ Federatsiyasining Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi misolida

Murojaatlar yechim topmoqda: O‘IHHQJ Federatsiyasining Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi misolida

Murojaat-birovga qarata aytilgan gap, qilingan da’vat, chaqiriq va shu kabilar. Har bir joyda, har bir ishda murojaatlarga duch kelishimiz aniq. Shu qatorida Iste’molchi(fuqaro)lar huquqlarini himoya qilish federatsiyasida ham murojjatlar asosiy o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunlari va Federatsiyaning ichki me’yoriy hujjatlariga asosan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish natijalari bo‘yicha tegishli organlarga taqdim etish va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘tgan yilda hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari ijro etuvchi apparatlariga Hukumat idoralari orqali 8 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shularning 4 savdo (oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy texnika va b.), 4 tasi esa xizmat ko‘rsatish (servis), transport, aloqa (va internet) va boshqa sohalar yo‘nalishi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlardan iborat bo‘lib, ularni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqilib, iste’molchilar foydasiga 8 744 000 so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yagona ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar soni 268 tani tashkil etdi. Bularning 82 tasi savdo, 38 tasi gaz ta’minoti, 21 tasi elektr ta’minoti, 32 tasi suv ta’minoti, 29 tasi kommunal soha, 1 tasi sog‘liqni saqlash, 22 ta xizmat ko‘rsatish (servis), 3 tasi transport, 12 ta aloqa (va internet) va 28 ta boshqa sohalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlardir.

Federatsiyaning telegram boti orqali 26 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 9 tasi savdo masalalarida, 4 ta gaz ta’minoti, 4 ta elektr ta’minoti, 2 ta suv ta’minoti, 2 ta kommunal soha (shirkatlar) masalalarida, 1 ta xizmat ko‘rsatish (servis), 1 ta transport, 1 ta aloqa (va internet) va 2 tasi boshqa masalalarda bo‘lgan. Murojaatlarning 21 tasi to‘liq va o‘z muddatlarida o‘rganib chiqilib hal qilingan.

Hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga fuqarolardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlar soni esa 611 tani tashkil etdi. Ularning 397 tasi yozma, 214 tasi og‘zaki shaklda qabul qilib olingan. Shularning 197 tasi savdo masalalarida (12 ta oziq-ovqat, 8 ta dori darmon, 83 ta maishiy texnika, 94 ta boshqalar), 77 tasi gaz ta’minoti, 30 tasi elektr energiyasi ta’minoti, 70 tasi suv ta’minoti, 70 tasi kommunal soha, 12 tasi sog‘liqni saqlash, 44 tasi xizmat ko‘rsatish (servis), 5 tasi transport, 8 tasi aloqa (va internet) hamda 98 tasi boshqa sohalar bo‘yicha masalalarni o‘z ichiga olgan.

Umuman olganda o‘tgan yilda jami murojaatlarning 97,4 foizi to‘liq va o‘z muddatlarida o‘rganib hal qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish natijalari bilan iste’molchilar foydasiga jami 1 mlrd 911 mln 279 ming 860 so‘m mablag‘lar hal qilingan. shuning 433 mln 804 ming 379 so‘mi sud idoralariga kiritilgan 24 ta da’vo arizalarini ko‘rib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga undirilgan moddiy va ma’naviy zararlarni tashkil qiladi.

O‘tgan yilda tuman va shahar jamiyatlari qoshida tashkillangan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 700 nafar fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilgan. Shularning 97 tasi kommunal xo‘jalik, 118 tasi savdo, 42 tasi sog‘liqni saqlash, 17 tasi aloqa (internet) xizmatlari, 15 tasi transport, 22 tasi servis xizmatlari bo‘yicha, 236 tasi kommunal idoralar (elektr, gaz, suv ta’minoti) xizmatlari, 168 tasi boshqa sohalar bo‘yicha berilgan huquqiy maslahatlardan iboratdir. Shulardan 12 ta holatda davlat va nazorati qiluvchi organlarga, 7 ta holatda esa sud idoralariga murojaat qilinishi tushuntirilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra shuni aytish mumkinki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tizim tashkilotlariga eng ko‘p savdo masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushar ekan. Murojaatlarni o‘rganish yakunlari bilan tanishar ekanmiz, Federatsiya har qanday vaziyatda ham fuqarolar uchun qulay bo‘ladigan yechim qilishini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Chunki ushbu murojaatlarning hech biri yechimsiz qolmagan.

Zilola Omonova,
Farg‘ona davlat universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish
o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

Post Comment