Mahallalarda iste’molchilar huquqlari yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Mahallalarda iste’molchilar huquqlari yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Toshloq tumanidagi «Arabmozor» mahalla fuqarolar yig‘inida aholining iste’molchilik sohasidagi huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi asosida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Muloqotda kundalik hayotda iste’molchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar, tovar va xizmatlarni xarid qilishda e’tiborli bo‘lish, shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘rganish hamda o‘z huquqlarini qonuniy asosda himoya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchilarga moliyaviy qarorlarni qabul qilishda mas’uliyatli yondashish bo‘yicha ham amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminarda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan xabardorligini kuchaytirish va huquqbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilik faolligining ahamiyati haqida fikr yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tushuntirish va tavsiyalar oldilar. Bu kabi uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni o‘rganish va iste’molchilik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Huquqini bilgan iste’molchi — tanlovida ham, qarorlarida ham ancha ishonchli bo‘ladi.

Post Comment