Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish masalalarida seminar bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona davlat universitetining Filologiya fakulteti majlislar zalida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasi “Toza shahar” nomli o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zNNTMA hududiy bo‘linmasi rahbari D.Fozilov, viloyat chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi o‘rinbosari B.Olimov, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat hududiy birlashmasi rais o‘rinbosari G‘.Mamatqulov, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot kotibi G.To‘xtasinova, «Chexra» NNT rahbari G.Nazarova, FarDU doktoranti N.Ibragimovalar tomonidan maruzalar qilindi.
Tadbirda jami 85 nafar (shundan 60 nafar ayollar, 25 nafar erkaklar) ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘rtasida olingan bilimlarni mustahkamlash bo‘yicha qiziqarli sinov o‘yinlari o‘tkazildi. G‘oliblar hududiy bo‘linma tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.



Post Comment