Brifing: 2026-yilning 9 oyida kelib tuşgan murojaatlar tahlili (Video)

Brifing: 2026-yilning 9 oyida kelib tuşgan murojaatlar tahlili (Video)

Brifing spikeri: Dilşodjon Fozilov – Hududiy birlaşma rais örinbosari-ijroçi direktor 

Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federasiyasi Farğona viloyat hududiy birlaşmasiga 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida jami 1 634 ta murojaat kelib tuşdi.
Murojaatlarning kelib tuşiş şakli böyiça: 1 025 tasi oğzaki, 609 tasi yozma şaklda qabul qilib olindi. Demak, umumiy murojaatlarning 62,7 foizi oğzaki, 37,3 foizi yozma şaklda kelib tuşgan. Bu aholi bilan bevosita muloqot va murojaatlarni qabul qilişning qulay mexanizmlari muhim örin tutayotganini körsatmoqda.

Murojaatlarning kelib tuşiş manbalari böyiça esa 1 218 tasi hududiy birlaşma va tuman (şahar) jamiyatlariga töğridan-töğri, 401 tasi Federasiyaning işonç telefoni va Telegram-boti orqali, 15 tasi hukumat idoralaridan kelib tuşgan. Umumiy murojaatlarning 74,5 foizi bevosita hududiy birlaşma va tuman (şahar) jamiyatlariga, 25,5 foizi işonç telefoni va Telegram-botlari orqali kelib tuşgan. Bu natijalar aholi bilan töğridan-töğri işlaş hamda raqamli murojaat kanallarining ahamiyatini körsatmoqda.

Hisobot davrida jami kelib tuşgan murojaatlarning 1 460 tasi körib çiqilgan yoki 90 foizi ijobiy hal etilgan, 174 tasi böyiça esa qonunda belgilangan muddatlar davomida örganişlar davom ettirilmoqda. Körib çiqilgan murojaatlar böyiça iste’molçilar foydasiga jami 1 milliard 776 million 709 ming 611 söm mablağ undirilgan. Şuningdek, sudlarga 92 ta da’vo arizalari kiritilib, iste’molçilar foydasiga 28 million 608 ming 858 söm moddiy va ma’naviy zararlar undirilgan.

Murojaatlarning sohalar kesimidagi tahliliga köra, eng köp murojaatlar savdo sohasiga — 333 ta, kommunal xöjalik sohasiga — 319 ta, boşqa sohalarga — 238 ta, gaz ta’minotiga — 366 ta, elektr energiyasi ta’minotiga — 101 ta, suv ta’minotiga — 124 ta töğri keldi. Şuningdek, soğliqni saqlaş sohasi böyiça 25 ta, xizmat körsatiş (servis) sohasi böyiça 84 ta, transport sohasi böyiça 6 ta, aloqa va internet xizmatlari böyiça 38 ta murojaat qayd etildi.

Savdo sohasiga oid 333 ta murojaatning 15 tasi oziq-ovqat mahsulotlari, 16 tasi dori vositalari, 103 tasi maişiy texnika, 199 tasi esa savdoning boşqa masalalariga taalluqlidir. Bu esa uşbu yönalişdagi murojaatlarning qariyb uçdan bir qismi maişiy texnika bilan boğliq muammolarga töğri kelayotganligini körsatmoqda.

Umuman, murojaatlar tahlili iste’molçilarni eng köp taşvişga solayotgan masalalar gaz ta’minoti, savdo va kommunal xizmatlar bilan boğliqligini körsatmoqda. Şu sababli uşbu yönalişlardagi muammolarni tizimli örganiş, murojaatlarning kelib çiqiş sabablarini tahlil qiliş va iste’molçilarning buzilgan huquqlarini tiklaş işlarini izçil davom ettiriş muhim ahamiyat kasb etadi.

Sizga @uza_alifbo_bot yordam berdi.

Post Comment