Beshariqda tuman jamiyati tashabbusi bilan marafon tashkillandi
#barqaror_istemolchi #рациональный_потребитель
Beshariqda 15 mart “Butujahon isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni” arafasida “Biz faol jamoatchilikka suyanamiz” shiori ostida marafon tashkillandi.
Beshariq tuman jamiyati tashabbusi bilan tuman hokimligi ommaviy tadbirlarni o`tkazish komissiyasi yig`ilish qarori va musobaqani o`tkazish Nizomi talablariga asosan tashkillangan mazkur tadbir yugurishga start beriladigan nuqta – Navkat qishlog`idagi 28 umumtaʼlim maktabi binosi oldida O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Bu yerda jam bo`lgan marafon ishtirokchilariga tuman hokimligi, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, Mudofaaga ko`maklashuvchi ”Vatanparvar” tashkiloti, sohaga daxldor boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari hamda keksa otaxonlar tomonidan sportning inson hayoti va salomatligidagi tutgan o`rni va roli xususida fikr va mulohazalarini bildirib o`tdilar.
Shundan so`ng umumiy uzunligi 8 km ni tashkil etuvchi “28-umumtaʼlim maktabi – “Beshariqtekstil” korxonasi boshqaruv binosi” marshruti bo`yicha marafonga start berildi. Marafonchilarni butun masofa davomida O`zbekiston bayroqlarini hilpiratib maxsus avtomobillar va velosportchilar tomonidan kuzatib borilishi musobaqaga yanada bayramona ruh bag`ishladi.
O`tkazilgan marafonda uning Nizomi asosida erkaklar va ayollar o`rtasida 18 yoshgacha bo`lgan marafonchilar, erkaklar va ayollar o`rtasida 18 yoshdan yuqori marafonchilar, har biri alohida-alohida nominatsiya bo`yicha 1-3 o`rin sohiblari jami 12 ta mukofot, bundan tashqari ”Musobaqaning eng yosh ishtirokchisi”, ”Musobaqaning eng yoshi ulug` ishtirokchisi”, ”Eng jonkuyar murabbiy”, ”Eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyalari bo`yicha esa jami 4 ta mukofot, umumiy hisobda 16 ta mukofot hamda tuman hokimligi va tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Sovg`alarni Beshariq tumani hokimi R.K.Jo`raevning qo`lidan qabul qilib olgan musobaqa g`oliblari tashkilotchilardan tumanda bunday musobaqalarning tez-tez va tizimli asosda o`tkazib turilishini so`rab, o`zlari bunday tadbirlarda faol ishtirok etib borishga vaʼda berdilar.
Ulug`bek Jo`raev
Beshariq tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment