Deputat tashabbus ko`rsatdi

Deputat tashabbus ko`rsatdi

Oltiariq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan #mehr_ulashamiz aktsiyasi doirasida xayriya tadbiri tashkillandi.

Bugun oramizda yuzaga kelgan holatni to`g`ri anglagan holda, xalqimizga amaliy yordamlar ko`rsatish, xayrli ishlarni amalga oshirish bilan keksayu yoshning duosini olayotgan hamyurtlarimiz ko`plab topiladi. Oltiariq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Baxtiyor Аbduraxmonov ham sahovatpesha insonlardan ruhlangan holda, xayriya aktsiyasini o`tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Xayriya aktsiyasi doirasida hududdagi 10 ta kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment