Quvasoyliklar ham xayrli ishga o`z hissalarini qo`shdilar
Oldinroq hududiy birlashma tomonidan #mehr_ulashamiz aktsiyasi doirasida aholiga tibbiy niqoblar bepul tarqatilganligi, shuningdek keyinchalik bu aktsiya Toshloq va Oltiariq tuman jamiyatlari tomonidan ham davom ettirilganligi to`g`risida xabar bergandik.
Federatsiyaning Quvasoy shahar jamiyati xodimlari tomonidan ham aktsiya tashkillanib, aktsiya doirasida shahar ko`chalarida aholiga tibbiy niqoblar va gigiyenik vositalar bepul tarqatildi.
– Аlbatta, mamlakatimizda Prezidentimiz va Hukumatimiz rahbarligida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilish borasida tezkor va samarali chora-tadbirlar ko`rib borilmoqda. Shunday bo`lsada, mazkur aktsiya vositasida aholimizga oz bo`lsada o`zimizning yordamimizni ko`rsata olganimizdan xursandmiz, – deydi Quvasoy shahar IHHQ jamiyati raisi Shahnoza Valieva.
Qunduzxon Zakirova
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment