Qonun va qoidalar talablari ijrosi o`rganilmoqda

Qonun va qoidalar talablari ijrosi o`rganilmoqda

 

Hududiy birlashmaning jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik fikrini o`rganish bo`yicha topshirig`i asosida Marg`ilon shahrida fuqarolarning isteʼmol sohasida xavfsizligini taʼminlash, respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarni jamoatchilik nazorati tartibida o`rganish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish maqsadida o`rganish va tahlil ishlari o`tkazilmoqda. O`rganish ishlari bilan, tanlov asosida aholi gavjum bo`ladigan, savdo va xizmat ko`rsatish obʼektlari, jamoat transporti, bozorlar, umumiy ovqatlanish obʼektlari, maishiy xizmat ko`rsatish obʼektlari, banklar va kommunal soha tashkilotlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Bugun o`rganish va tahlil o`tkazuvchi guruh tomonidan shahardagi bir qator obʼektlarda, jumladan “Qishloqqurilishbank”ning Marg`ilon filialida ham bo`linib, isteʼmolchilarga bu borada yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

Bank binosi kirish qismiga dezinfektsiya yo`lagi o`rnatilgan, har bir mijozni teplovizor yordamida harorati o`lchangach, qo`lini dezinfektsiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Isteʼmolchilar tanishishi uchun qulay joylarga zaruriy maʼlumotlar qo`yilgan.

Bank muassasasining pul muomilasi, plastik kartochkalar bilan ishlash, to`lovlarni qabul qilish, valyuta ayriboshlash bo`limlarida mijozlarning karantin talablariga, xususan xizmatlardan foydalanish chog`ida ijtimoiy masofa saqlashlari, tibbiy niqobda bo`lishlari nazorat qilib borilmoqda.

Hozirda shahar jamiyati tomonidan hududdagi boshqa aholi bilan yaqindan aloqada ish faoliyati olib boruvchi xo`jalik yurituvchi subʼektlarda o`rganish va tahlil ishlari davom ettirilmoqda.

 

Аʼzamxon Maxammadiev

Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment