Qarorlar ijrosi taʼminlanmoqda (mi)?

Qarorlar ijrosi taʼminlanmoqda (mi)?

 

Hududiy birlashmaning O`zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunlari asosida hududda jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik fikrini o`rganish yuzasidan bergan topshirig`i asosida Quva tumanidagi savdo va xizmat ko`rsatish obʼektlarida hamda aholi bilan yaqindan aloqada ishlovchi boshqa xo`jalik yurituvchi subʼektlarda tomonidan fuqarolarning isteʼmol sohasida xavfsizligini taʼminlash, respublikamizda koronavirus kasalligi tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar bo`yicha o`rganishdan o`tkazilmoqda.

Bugun tuman jamiyati xodimlari tomonidan yuqoridagi ishlar bilan tanishish maqsadida tuman “Dehqon bozori”ga tashrif buyurildi. O`rganish ishlari doirasida masʼullarga fuqarolarning isteʼmol xavfsizligini taʼminlash borasidagi qonun talablari bo`yicha tushuntirishlar berildi. Yurtimizda koronavirus kasalligi (COVID-19)ni tarqalishining oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va aholi salomatligini muhofaza qilish bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorlarining mazkur tashkilotdagi ijrosi bilan yaqindan tanishildi.

O`rganish doirasida aholi o`rtasida maxsus savolnoma asosida interv’yu shaklida ijtimoiy so`rovnoma ishlari xam o`tkazildi.

Feruza Umurzaqova

Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment